"Tottenxem" bosh murabbiyi mag'lubiyatdan so'ng jamoa muxlislarini tanqid qildi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank muxlislarning "Fulxem" bilan derbida xatoga yo'l qo'ygan darvozabon Gulelmo Vikarioga nisbatan hushtakbozligiga munosabat bildirdi.
"Menga muxlislarning Vikario xatosiga bo'lgan munosabati yoqmadi. Ular darhol Gulelmoga hushtakbozlik qilishdi, shuningdek, u to'p bilan bo'lganida uch yoki to'rt marta hushtakbozlik amalga oshirishdi. Men uchun bu nomaqbul. Ular "Tottenxem"ning haqiqiy muxlisi bo'la olmaydi. O'yindan keyin hushtak chalishga qarshiligim yo'q, hech qanday muammo yo'q. Ammo o'yin davomida barchamiz birga bo'lishimiz kerak," - dedi Frank.
Angliya Premer-ligasining 13-turidan o'rin olgan uchrashuvda "shporlar" o'z maydonida "Fulxem"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.