Londonning "Tottenxem" klubi Angliya Premer-ligasidan quyi ligaga tushib ketish zonasiga yaqinlashmoqda, ammo u sariq kartochkalar bo'yicha yuqori ligada etakchilik qilmoqda.

"Tottenxem" futbolchilari allaqachon 74 ta sariq kartochka va to'rtta qizil kartochka olgan.

Ushbu reytingda ikkinchi o'rinni Londonning boshqa bir klubi "Chelsi" egallagan. "Ko'klar"ning o'yinchilari allaqachon 69 ta sariq kartochka va ettita qizil kartochka olishgan!