"Tottenxem" asosiy himoyachisini 1 oyga yo'qotdi

Londonning "Tottenxem" klubi safida to'p tepayotgan ispaniyalik qanot himoyachisi Pedro Porro yaqin o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Jurnalist Pitt Brukning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilishicha, 26 yoshli himoyachi Premer-liganing 23-turida "Byornli"ga qarshi kechgan bahsda (2:2) to'pig'idan jarohat olgan. Jarohat tufayli Porro bir oyga yaqin vaqtni lazaretda o'tkazadi.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi "Tottenxem" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.