"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines "Tottenxem"ning transfer maqsadiga aylandi. "Shporlar" rahbariyati qishki transferlar davrida yangi darvozabonni o'z safiga qo'shib olmoqchi va argentinalik yulduz asosiy variant sifatida ko'rsatilgan, deb xabar beradi Mail Sport.

Manbaga ko'ra, londonliklar jamoaning hozirgi "birinchi raqamli" futbolchisi Gulelmo Vikario ba'zi o'yin jihatlari bo'yicha etarlicha yaxshi emas, deb hisoblamoqda.

Yozda Emiliano Martines "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi, ammo "qizil iblislar" Senne Lammensni tanladi. Transfermarkt ekspertlari 33 yoshli jahon chempionining narxini 16 mln evroga baholamoqda.