"Tottenxem" "Aston Villa" yarimhimoyachisi Morgan Rodjersni o'z safiga qo'shib olishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O'tgan yozda "shporlar" "villanlar" yulduzi uchun "aqldan ozgan" miqdorda pul to'lashga tayyor edi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Birmingem klubi rahbariyati bunga rad javobini berdi. Ayni paytda "Aston Villa" 23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish ustida faol ish olib bormoqda. Morgan Rodjersning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 65 mln evro.

Angliya terma jamoasi xavbekiga "Chelsi," "Liverpul," "Arsenal" va Angliya premer-ligasining boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.