Manuel Akanji "Tottenxem"ni qiziqtirib qoldi.

London klubi 30 yoshli himoyachining ehtimoliy transferi borasida "Manchester Siti"ga murojaat qildi.

Shveytsariyalik futbolchiga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda, u transfer uchun 15 million funt to'laydi.

Bundan tashqari, avvalroq himoyachiga "Galatasaroy" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.