«Tottenxem» «Manchester Siti» vingeri Savino bilan shartnoma imzolashga yaqinlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchining transfer summasi 75 million evroni tashkil etadi. Savino biroz avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda chamadon suratini joylashtirib, «ko'ngil ochishga otlanayotgani» haqida izoh qoldirgan va yangi jamoaga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirgan edi.

O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi past natija qayd etdi: u barcha klub turnirlarida 36 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli o'nga yaqin o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Ta'kidlash joizki, «Tottenxem» yozgi transferlar uchun allaqachon 230 million evro atrofida mablag' sarflab bo'ldi.

Manba: Stadion.uz