"Tottenxem" 35 million evro evaziga sotib olingan hujumchisini EChL qaydnomasiga kiritmadi

Matis Tel hozircha Chempionlar Ligasida o'ynamaydi.
"Tottenxem" 20 yoshli hujumchini UEFAga yuborilgan qaydnomaga kiritmagan.
Frantsuz yozda 35 mln evroga sotib olindi. U bungacha "Bavariya"ga tegishli edi.
Tel joriy mavsum uchta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.