«Tottenxem» 20 yoshli hujumchi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

«Tottenxem» yana bir qimmatbaho transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Aleks Krukning xabar berishicha, «shporlar» «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupiga da'vogarlik qilmoqda va u uchun 85 million funt sterling (deyarli 100 million evro) taklif qilishi mumkin.
«Bornmut» rahbariyati 20 yoshli chiqib kelayotgan yulduzni ushbu transfer oynasida sotmoqchi emasligini bir necha bor ta'kidlagan bo'lsa-da, London klubi katta mablag' evaziga «giloslar»ni fikridan qaytarishga harakat qilib ko'radi.
Tarqalgan xabarlarga ko'ra, Eli Junior Krupiga PSJ, «Barselona», «Arsenal», «Chelsi» va Evropaning boshqa grand klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali kelajagi porloq bo'lgan ushbu frantsuz hujumchisining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar