"Torino" futbolchisi nima uchun La Ligaga yo'l olmadi?

"Torino" a'zosi Saba Sazonov Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin edi.
Unga "Xetafe" qiziqayotgan edi. Bu haqda Gola TV xabar bermoqda. Jurnalistlarning yozishicha, klublar yozgi transfer oynasi oxirida kelishuvga erishgan.
Biroq Italiya klubining texnik xatosi tufayli transfer amalga oshmay qoldi. Turin klubi transfer hujjatlarini tasdiqlash kodida xatolikka yo'l qo'ydi. Bu nazoratsizlik tufayli klublar Saznov transferini yakunlashga ulgurmadi.