Toral: "Ochko ololmaganimiz juda achinarli"

Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Londonning "Tottenxem" klubidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Sariq suv osti kemasi" minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Bunday raqib bilan o'yinda himoyamiz yoqdi. Biz ochko ololmaganimiz juda achinarli. Bu o'yinda biz ko'proq ochkoga haqli edik", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.