Topuriya Krouford bilan jang qilmoqchi

UFC chempioni Iliya Topuriya Terens Krouford bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Boks bilan shug'ullanishni istayman. O'ylaymanki, Dana orzumni amalga oshirishda yordam beradi. Ishonchim komilki, u meni qo'llab-quvvatlaydi.
Balki uni ko'ndirish uchun biroz vaqt kerak bo'lar. Ammo ishonchim komil, bu amalga oshadi. Umid qilamanki, Terens bilan jang amalga oshadi. Dana bilan albatta bu haqida gaplashaman", - dedi Topuriya.
Manba: MMA Junkie