Top-klublar da'vogarlik qilayotgan Paketa bo'yicha "Vest Xem"ning pozitsiyasi ma'lum

Matbuotda hujumkor yarim himoyachi Lukas Paketaning "Vest Xem"ni tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar davom etmoqda.
"Bolg'achilar" rahbariyati braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emas, deb xabar beradi GiveMeSport. Paketaning o'zi ham ketishga shoshilmayapti - u mish-mishlarga qaramay, muhitni o'zgartirish istagini bildirmagan. Londonliklar 28 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismida muhim rol o'ynashi va jamoaga Premer-ligada qolishda yordam berishiga umid qilmoqda.
Lukas Paketaning Transfermarkt saytidagi narxi - 35 mln evro. Futbolchiga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirgan.