Top klublar "Borussiya Dortmund" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi

"Borussiya" hujumchisi Seru Girassi tez orada klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchilar bilan tuzilgan shartnomada Evropaning top-klublari uchun alohida tovon puli belgilangan. U 50 mln evroni tashkil etadi.
Ushbu optsiya futbolchiga da'vogar bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta klublargagina taalluqli: "Real", "Barselona", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Liverpul".
Qayd etilishicha, boshqa klublar uchun Girassining "Borussiya" bilan shartnomasi bo'yicha sotib olish summasi 80 mln evroni tashkil etadi.
Avvalroq, futbolchiga Saudiya Arabistonida foydali shartnoma taklif qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.