OneFootball portali Opta superkompyuterining prognozlariga asoslanib, Evropa top-ligalarida chempionlikka asosiy da'vogarlar reytingini tuzdi.

La Ligada chempionlikka asosiy da'vogar "Barselona" hisoblanadi. Kataloniyaliklarning chempion bo'lish ehtimoli 77,1 foizga teng.

Angliya Premer-ligasida g'oliblikka asosiy da'vogar "Arsenal" (68,7 foiz), Italiya A Seriyasida esa "Inter" (53,9 foiz) hisoblanadi.

Bundesliga va Liga 1da intriga deyarli yo'q: Frantsiyada favorit - "PSJ" (88,8%), Germaniyada - "Bavariya" (97,5%).