Top-5'da jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo'yicha etakchi futbolchi kim ekanligi ma'lum

Frantsiyalik futbolchi Kilian Mbappe jarima maydoni tashqarisidan eng ko'p gol urgan futbolchilar reytingini boshqarmoqda. Bu haqda Opta statistik portali ma'lumot berdi.
Statistika Evropaning 5 ta etakchi chempionatiga tegishli bo'lib, 2023-24 yilgi mavsumdan boshlab hisoblangan. Hozirda Madridning "Real" klubida to'p tepayotgan Mbappe hisobida jarima maydoni tashqarisidan kiritilgan 14 ta gol mavjud.
Undan keyingi o'rinlarni 8 ta gol bilan Fil Foden ("Manchester Siti"), Kallum Xadson-Odoi ("Nottingem Forest") va Xarri Keyn ("Bavariya") egallab turibdi.