Ispaniyaning "Barselona" klubi o'yindan tashqari vaziyat yaratish mahoratini namoyish etmoqda. Bu haqda Opta statistik portali e'lon qilgan ma'lumotda keltirilgan.

Tadqiqot 2017-18 yilgi mavsumdan boshlab vaqtni hisobga oladi. O'tgan mavsumda Xans-Diter Flik shogirdlari har bir o'yinda 4,76 ta ofsayd bilan Evropaning top-5 ligalarida birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, ayni vaqtda bu ko'rsatkich 4,91 taga etgan. Uchinchi o'rinni Angliyaning "Aston Villa" jamoasi (2023-24 yilgi mavsum va 4,39) egallagan.

Shuningdek, top-10dan Ispaniyaning "Las-Palmas", "Eybar" (ikki marta), "Atletik", "Almeriya", Frantsiyaning "Tuluza" va Italiyaning "Sampdoriya" klublari joy olgan.