Toni Kroos Germaniya oldidagi xizmatlari uchun orden oldi

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos "Santyago Bernabeu"dagi qaytdi - unga orden topshirildi. Garchi u mukofotni Germaniya tomonidan olgan bo'lsa-da, tantanali marosim aynan mashhur stadionda bo'lib o'tdi.
Gap Germaniya oldidagi xizmatlari uchun ordeni haqida ketmoqda. Tantanali marosimda "Real" rahbariyati prezident Florentino Peres va murabbiy Xabi Alonso, Antoni Ryudiger va Federiko Valverde kabi futbolchilar, shuningdek, Germaniya prezidenti Frans-Valter Shtaynmaer ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, Kroos o'tgan yili ham Meklenburg - Quyi Pomeraniya eri oldidagi xizmatlari uchun orden olgan edi. Toni 2014 yildan 2024 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan.