"Real" va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyati davomidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytdi.

"N'Golo Kante. Biz bir-birimizga qarshi juda ko'p o'ynamaganmiz, lekin "Chelsi"ga qarshi o'ynagan har bir uchrashuvimizda u doimo noqulay raqib bo'lgan.

Bu uning ko'p fol qilishidan yoki boshqa narsadan emas, balki u doimo kerakli joyda paydo bo'lgani uchun. Bu juda asabiylashtiradi", - dedi 35 yoshli sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz. Kroos 2024 yilning yozida faoliyatini yakunlagan edi.