«Barselona»ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Toni Fernandes faoliyatini jamoada davom ettirish niyatida. Bu haqda Ispaniyaning mashhur Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» hozircha Fernandesga yangi shartnoma taklif qilgani yo'q, futbolchining amaldagi kelishuvi esa keyingi yozda yakuniga etadi. Ayni damda yarim himoyachiga «Alaves», «Sevilya» va «Real Ovedo» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq Fernandes bor e'tiborini Xansi Flik qo'l ostida o'tadigan bo'lajak yig'inlarga qaratgan.

Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida faqatgina bitta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Manba: Stadion.uz