«Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali Londonning «Tottenxem» klubiga amalga oshishi kutilayotgan transferi haqida gapirdi.

«Hammasi oddiy: biz o'zgarishga qaror qildik va ushbu yangi sarguzashtga tayyormiz», — deya Tonalining so'zlarini insayder Fabritsio Romano keltirmoqda.

Avvalroq, payshanba kuni (2 iyul) futbolchi Londonga etib kelishi va «Tottenxem»ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum bo'lgan edi. Shartnoma summasi 117 million evroni tashkil etadi, bu «shporlar» uchun rekord natija hisoblanadi.

Yakunlangan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz