Tonali "Milan"ni sog'inmoqda

Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, "Nyukasl Yunayted"ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali "Milan"ga qaytishni istaydi.
Manbaning xabar berishicha, 25 yoshli yarim himoyachi "Milan"ni juda ham sog'inishini qayd etgan.
Biroq, A Seriyaning yana bir klubi - "Yuventus" Tonaliga qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, futbolchining "zag'izg'onlar" bilan shartnomasida qo'yib yuborish bandi yo'q.