Tonali: «Agar menda «Milan»ga qaytish imkoniyati bo'lsa, biz buni muhokama qilamiz»

«Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali haqiqatan ham «Milan»ga qaytishni orzu qilishi haqidagi savolga javob berdi.
«Bu mavzuda doimo ko'plab mish-mishlar yuradi, biz bu haqda muntazam ravishda hazillashib turamiz. Ammo agar qachondir menda haqiqatan ham «Milan»ga qaytish imkoniyati paydo bo'lsa, biz buni jiddiy muhokama qilamiz», — deya Tonalining so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.
Avvalroq, tez orada 26 yoshli Tonali Londonning «Tottenxem» klubi a'zosiga aylanishi ma'lum bo'lgan edi. 2 iyul kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng «shporlar» bilan shartnoma imzolanadi.
Tonali 2020 yildan 2023 yilgacha «Milan» safida to'p surgan. Ushbu davr mobaynida u 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va o'z hisobiga 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar