Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori Luka Modrich bilan tanishuvdan olgan taassurotlari haqida gapirdi.

"U kelganida hech kim undan nima kutishni bilmasdi. Lekin hammamiz birinchi mashg'ulotdayoq hammasini tushundik. U aql bovar qilmas edi", - deya Tomorining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Italiya klubi ayni damda A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.