Tomas Tuxel o'rniga Angliya terma jamoasini kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Tomas Tuxel Jahon chempionati yakunlangach, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin.
Indykaila News nashri xabariga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi JCh-2026 yakunlangach, germaniyalik mutaxassisning kelajagini muhokama qiladi. Ba'zi futbolchilar murabbiy ularni g'alabaga emas, balki yutqazmaslikka ruhlantirayotganidan norozi. Tuxelning o'rnini «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau egallashi mumkin. U Angliya terma jamoasida ishlash uchun «qarg'alar»ni (Nyukasl) tark etishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsda o'yin oxirida ikkita gol o'tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar