Tomas Tuxel boshqaruvidagi Angliya terma jamoasi ilk bor mag'lubiyatga uchradi

Angliya terma jamoasi 2025 yilning iyunidan buyon ilk bor mag'lubiyatga uchradi.
Tomas Tuxel qo'l ostidagi jamoa o'rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bunga qadar inglizlar ketma-ket 7 ta o'yinda mag'lub bo'lmay kelayotgan edilar (6 ta g'alaba va Urugvay bilan durang). Angliya terma jamoasi so'nggi bor 2025 yil 10 iyun kuni Senegalga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida mag'lubiyatga uchragan edi.

Kommentariyalar