Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 yarim finaliga chiqqanidan so'ng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi. Chorak finalda angliyaliklar Norvegiyani 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

«Bu juda katta bosim, ammo menga bu yoqadi. Jamoani maydonga boshlab chiqish, u erda bo'lish… O'yin oldidan oxirgi ikki-uch daqiqada, tayyorgarlik yakunlanib, maydonga chiqqanimda, o'zimni haqiqatdan ham tirik his qilaman. Men aynan shu erda bo'lishni istayman. Bu daqiqalarda dunyoning boshqa hech qaerida bo'lishni xohlamasdim.

Menga bu juda yoqadi, lekin har uch-to'rt kunda o'tadigan pley-off o'yinlari, albatta, mutlaqo boshqa darajadagi bosim va haqiqiy hissiy tebranishlardir. Men buni tan olaman, shuning uchun hozir menga ham biroz vaqt kerak. Biz futbolchilarga to'liq tiklanish uchun vaqt beramiz va eng kechi bilan bugun kunning ikkinchi yarmida murabbiylar shtabi bilan yarim finalga tayyorgarlikni boshlaymiz», — deya Tuxel so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha Meksika, Kanada va AQShda bo'lib o'tmoqda. Yarim finalda Angliya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Stadion.uz