Joriy yilning 10–20 may kunlari Tojikistonda CAFA U-20 Championship musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli turnirda Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoamiz ham ishtirok etadi.

Musobaqada CAFAga a'zo davlatlar jamoalari yagona davra tizimida o'zaro kuch sinashadi. Turnir davomida 10 ta qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar o'tkazilib, barcha jamoalar g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan