Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogi–2027 saralash bosqichi doirasida Filippinlarga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuv Dushanbe shahrida bo'lib o'tdi. Ushbu natija tufayli Tojikiston A guruhida birinchi o'rinni egallab, Osiyo Kubogi–2027 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Filippinlar esa guruhda ikkinchi o'rinni band etdi, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Tojikistonga imkoniyatni boy berdi.

Turkmaniston esa safarda Tailandga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo kubogi yo'llanmasidan mahrum bo'ldi.

Manba: stadion.uz