"Tobol" klubi direktori Serjan Seytkozinov o'zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov bilan kutilmagan holda shartnoma tuzilishiga izoh berdi.

"Bu tarkibimizda jarohatlangan futbolchilar soni ko'pligi bilan bog'liq. Shahboz bilan muzokaralar qiyin kechdimi? Yo'q, ularni uzoq davom ettirmadik", — dedi Seytkozinov.

Eslatib o'tamiz, hujumchi mavsumning birinchi yarmini "Turon"da o'tkazdi va 11 o'yinda 4 ta samarali harakat (gol yoki assist)ga mualliflik qildi.

Manba: sports.kz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.