To'rt yillik tanaffusdan so'ng «Chelsi» yana Angliya Kubogi finaliga chiqdi

«Chelsi» so'nggi 4 mavsum ichida ilk bor Angliya Kubogi finaliga yo'l oldi.
Musobaqaning yarim finalida londonliklar «Lids»ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Entso Fernandes tomonidan kiritilgan gol «ko'klar»ga g'alaba keltirdi.
«Chelsi» oxirgi marta 2021/22 yilgi mavsumda Angliya Kubogi finalida o'ynagan edi — o'shanda «ko'klar» penaltilar seriyasida «Liverpul»ga imkoniyatni boy berishgan (0:0, pen. – 5:6). Umuman olganda, London klubi o'z tarixida 17-bor ushbu turnir finaliga qadar etib keldi.
Hal qiluvchi bahsda «Chelsi» «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.