To'purar hujumchining tovon puli 65 million evro

"Borussiya Dortmund" markaziy hujumchisi Seru Girassi kelasi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Bild nashri xabariga ko'ra, 29 yoshli gvineyalik forvardning "asalarilar" bilan 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomasida 65 million evro tovon puli bor. Unga "Barselona" asosiy da'vogarlardan.
Girassi 2024 yilda "Shtutgart"dan 18 million evroga "Dortmund" klubiga o'tgan. U joriy mavsumda 13 ta o'yinda 10 ta gol urib, 3 ta assist bergan.