Tizimli ishlar samarasi

“S” seriyada to'p tepayotgan “Yuventus” yoshlar jamoasi uch yil ichida transferlardan 200 million evro daromad oldi, deb xabar beradi Football Italia.
"Yuventus" quyi ligada o'ynaydigan jamoani yaratgan birinchi A Seriya klubi bo'ldi. "Yuventus U-23" o'z faoliyatini 2018 yilda boshlagan va to'rt yildan so'ng "Juventus next gen" deb o'z nomini o'zgartirgandi.
Bu jamoadan bir qancha mashhur futbolchilar etishib chiqdi, ular orasida hozir "Real Madrid"da o'ynayotgan Din Xyoysen, "Roma"ga 30 million evroga tushgan Matias Sule va "Milan"ga 20 millionga o'tgan Konni De Vinter kiradi.