Tilemans "Aston Villa"ning Evropa ligasidagi maqsadini aytdi

"Aston Villa"ning belgiyalik xavbeki Yuri Tilemans Evropa Ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan Shveytsariyaning "Bazel" klubiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Unda "sherlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Hozirda umumiy bosqich turnir jadvalida yaxshi holatdamiz. Biz yana ikkita uchrashuv o'tkazishimiz kerak. Bu oson o'yinlar bo'lmaydi. Ularda g'alaba qozonishni istardim. Biz Evropa Ligasi umumiy bosqichida top-2ga kirishni istaymiz," - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Evropa Ligasi umumiy bosqichining 6 turidan so'ng, Unai Emeri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 15 taga etdi va jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.