Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Hozirda madridliklarning yuristlari va Kurtuaning tarafi shartnomaga imzo qo'yish uchun so'nggi hujjatlar bilan almashishmoqda. Belgiyalik futbolchining klub bilan tuzadigan yangi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Kurtua 2018 yilning avgust oyida Londondan "Chelsi"dan ko'chib o'tganidan beri madridliklar safida to'p surib kelmoqda. "Real" tarkibida belgiyalik posbon Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan va bir necha bor Ispaniya chempioni bo'lgan.