Tibo Kurtua o'z sobiq jamoasiga investitsiya kiritdi

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua professional faoliyatini boshlagan «Genk» klubining minoritar aktsiyadoriga aylandi. Belgiyalik futbolchi klubga o'zi hammuassisi hisoblangan NXTPLAY investitsiya platformasi orqali mablag' kiritdi.
Ta'kidlanishicha, Kurtuaning platformasi bilan hamkorlik «Genk»ka qo'shimcha ravishda 60 million evrogacha daromad keltirishi mumkin. Kelishuv doirasida NXTPLAY klub direktorlar kengashida o'z vakiliga ega bo'ladi.
«Men butun hayotim davomida mukammallikka intilganman. «Genk»da men o'sha ishtiyoq va o'sha ambitsiyalarni his qilaman. Ushbu investitsiyalar tufayli men o'zimni uyga qaytgandek his qildim. Men klubga o'sishga va sport borasidagi ambitsiyalarini mustahkamlashga yordam bermoqchiman. Limburgdan Evropa cho'qqilarigacha», — dedi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kurtua Ispaniya 3-ligasiga chiqqan «Estremadura 1924», shuningdek, keyingi mavsumda Liga 1da o'ynaydigan «Le-Man» klublariga ham investitsiya kiritgan edi.