AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilish haqidagi qarorni FIFA intizom qo'mitasi raisi, Birlashgan Arab Amirliklari vakili Muhammad Al-Kamali yakka o'zi qabul qilgan, deb xabar beradi The Times.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, FIFA intizom qo'mitasi 18 kishidan iborat bo'lsa-da, qo'mitaning boshqa a'zolari ushbu qarorni qabul qilishda ishtirok etmagan va ular bilan maslahatlashilmagan.

25 yoshli forvard 1/16 finalda Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda (2:0) qizil kartochka olgandi. Keyinroq FIFA uning diskvalifikatsiyasini vaqtincha to'xtatib, uni 1 yillik sinov muddati bilan almashtirdi. Bu esa futbolchiga 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o'yinda (1:4) ishtirok etish imkonini berdi.

Manba: Stadion.uz