The Sun: Mourinyu "Real"da intizomni kuchaytirdi

Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Mourinyu rejimining asosiy elementlari - vaqtida kelish, mashg'ulotlar, tiklanish va ovqatlanish. Jarohat olgan futbolchilarning tiklanish ishlari faqatgina klub bazasida amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, o'yinchilar o'z xohishiga ko'ra taomnoma tanlamasdan, klubning ovqatlanish bo'yicha tavsiyalariga amal qilishga majburdirlar.
Mourinyuning bu yondashuvi ma'lum darajada Arsen Vengerning "Arsenal"dagi usullarini yodga soladi. Shu bilan birga, murabbiy "Barselona"da Xans-Diter Flik tomonidan qo'llanilayotgan amaliyotdan ham ilhomlanmoqda, u yerda ham kechikkanlar uchun qatiy qoidalar amal qiladi, deyiladi xabarda.
Joze Mourinyu 11 iyun kuni rasman Madridning "Real" klubini boshqardi va 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi.
Kommentariyalar