Xalqaro futbol federatsiyasi rasmiy saytida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi.

2024 yilda ushbu sovrinni "Real" hujumchisi Vinisius Junior qo'lga kiritgandi. "Oltin to'p-2024" sohibi Rodri ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagan.

FIFAning The Best mukofotiga nomzodlar ro'yxati:

  1. Usmon Dembele (Frantsiya) — «PSJ».
  2. Ashraf Xakimiy (Marokash) — «PSJ».
  3. Xarri Keyn (Angliya) — «Bavariya».
  4. Kilian Mbappe (Frantsiya) — «Real» Madrid.
  5. Nunu Mendesh (Portugaliya) — «PSJ».
  6. Koul Palmer (Angliya) — «Chelsi».
  7. Pedri (Ispaniya) - «Barselona».
  8. Rafinya (Braziliya) — «Barselona».
  9. Muhammad Saloh (Misr) — «Liverpul».
  10. Vitinya (Portugaliya) — «PSJ».
  11. Lamin Yamal (Ispaniya) — «Barselona».