The Best: 7 nafar murabbiy yilning eng yaxshisi bo'lishga da'vogar!

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yilning eng yaxshi murabbiyi uchun The Best sovriniga nomzodlarni e'lon qildi.
Sovrin uchun Xaver Agirre (Meksika terma jamoasi), Mikel Arteta ("Arsenal"), Luis Enrike ("PSJ"), Xans Flik ("Barselona"), Entso Mareska ("Chelsi"), Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi) va Arne Slot ("Liverpul") da'vogarlik qilmoqda.
2024 yilda "Real" sobiq ustozi Karlo Anchelotti eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.
FIFA saytida ovoz berish 28 noyabrga qadar davom etadi.
Manba: www.stadion.uz.