The Athletic tarixdagi eng yaxshi Jahon chempionatlari reytingini e'lon qildi

Mashhur The Athletic sport nashri tarixdagi eng yaxshi Jahon chempionati turnirlari reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi o'rinni 1970 yilda Meksikada bo'lib o'tgan musobaqa egalladi — o'shanda finalda Italiya terma jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etgan Braziliya terma jamoasi kubok sohibiga aylangan edi.
Ro'yxatning eng oxirgi, 23-pog'onasiga mualliflar Frantsiyada o'tkazilgan JCh-1938 ni joylashtirishdi. Ushbu turnirda Italiya terma jamoasi g'olib chiqqan — ular finalda Vengriyani (4:2) mag'lub etishgan.
Top-10 talik quyidagicha ko'rinish oldi:
-
JCh-1970 (Meksika). Final: Braziliya – Italiya (4:1);
-
JCh-1982 (Ispaniya). Final: Italiya – FRG (3:1);
-
JCh-1986 (Meksika). Final: Argentina – FRG (3:2);
-
JCh-1998 (Frantsiya). Final: Frantsiya – Braziliya (3:0);
-
JCh-2006 (Germaniya). Final: Italiya – Frantsiya (1:1, penaltilar bo'yicha 5:3);
-
JCh-1958 (Shvetsiya). Final: Braziliya – Shvetsiya (5:2);
-
JCh-2014 (Braziliya). Final: Germaniya – Argentina (1:0);
-
JCh-1974 (FRG). Final: FRG – Niderlandiya (2:1);
-
JCh-2018 (Rossiya). Final: Frantsiya – Xorvatiya (4:2);
-
JCh-2026 (AQSh, Kanada va Meksika). Final: Ispaniya – Argentina (1:0).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar