Tezkor! «O'zbekneftgaz» «Bunyodkor», «Nasaf» va «Buxoro»ni moliyalashtirishni to'xtatdimi?

"O'zbekneftgaz" aktsiyadorlik jamiyati O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yubordi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullaev o'z telegram-kanalida xabar berdi.
Unga ko'ra, ushbu xatda korxona "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor" klublarini moliyalashtirishni to'xtatishi yozilgani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, Superligada yangi mavsum boshlanishiga 15 kun vaqt qoldi.
Manba: @PenaltyNarzulla