Tezkor! Mbappe jarohat oldi va terma jamoani tark etadi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe kecha Ukrainaga qarshi o'yinda (4:0) dubl qayd etgan edi.
Ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli frantsuz kecha jarohat olgan. U Frantsiya terma jamoasi tarkibini tark etadi va Madridda tekshiruvdan o'tadi.
Uning o'ng to'pig'idagi yallig'lanish hali ham davom etmoqda.
Kilian joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida 16 ta o'yinda 18 ta gol urdi va 2 ta assist berdi.