Tevesning taqdiri Garnachoga tushdi

"Manchester Yunayted" muxlislari Karlos Teves haqidagi qo'shiqni Garnachoga ishora qilish uchun o'zgartirishdi.
Alexandro shu yozda "Manchester Yunayted"dan London klubiga 40 million funt sterling evaziga o'tgan edi.
Premer-liganing 5-turi bo'lib o'tgan ikki jamoa o'rtasidagi o'yinda “Manchester Yunayted” muxlislari “Bu argentinalik yigit kim? Kim bu, faqat pulni o'ylaydigan odam? Bu Garnacho – uning aqli yo'q va hech qachon boshqa sovrin yuta olmaydi!” deya hayqira boshlashdi.
2009 yilda argentinalik Karlos Teves «Manchester Siti»ga o'tganidan keyin «Manchester Yunayted» muxlislari xuddi shunday qo'shiqni aytishgan edi.