Bosniyalik murabbiy Edin Terzich 2024 yilning yozida kutilmaganda Dortmundning "Borussiya"si bilan xayrlashdi va shundan beri ishsiz qolmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, unga Italiya klublaridan takliflar bo'lgan, biroq mutaxassis aniq nomlarni aytmagan.

"Men o'zimga va kasbimdagi hamkasblarimga bo'lgan hurmatni eng muhim omil deb bilaman. Shuning uchun men aniq nomlarni aytmayman, lekin Italiyadan menga qiziqish bor edi", - deya Edin Terzichning so'zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.

Bunday klublardan biri 2024 yilda Stefano Pioli bilan xayrlashgan "Milan" bo'lishi mumkin.