Terri Premer-liga tarixidagi eng buyuk ingliz futbolchisini aytdi

"Chelsi"ning afsonaviy sobiq himoyachisi Jon Terri angliyaliklardan qaysi birini Premer-liga tarixidagi eng buyuk futbolchi deb bilishini aytdi.
"O'ylashimcha, Runi - APLda o'ynagan eng buyuk ingliz futbolchisi. U aql bovar qilmas, unga etarlicha baho berilmaydi. U hayratlanarli ishlarni amalga oshirdi", - deya Terrining so'zlarini keltiradi UtdDistrict.
Ueyn Runi Angliya oliy divizionida 491 ta o'yinda 208 ta gol urgan. APL chempionlik kubogini 5 marta boshi uzra ko'targan forvard professional faoliyatini 2002 yilda boshlagan, 2021 yilda esa butsalarini mixga ilgan.