"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri 2007/2008 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finalida o'ynagan futbolkasini kimoshdi savdosiga qo'yadi.

"Mening jamg'armam pulga juda muhtoj bo'lgan ikki yaqin xayriya tashkilotidan foyda oladi, shuning uchun bu xayrli ish bo'ladi", - deya Terrining so'zlarini keltiradi Goal.com.

Ushbu sotuv Nyu-Jersidagi Goldin Auctions auktsion uyi tomonidan o'tkazilayotgan 26 ta lotdan iborat xayriya auktsionining bir qismi hisoblanadi. Tushgan mablag' Britaniyaning bir qator xayriya tashkilotlarini qo'llab-quvvatlovchi Jon Terri fondiga yo'naltiriladi.