Jon Terri Rio Ngumoaning "Chelsi"ni tark etganidan afsusda. Ngumoa 2024 yilning yozida “Chelsi”dan mersisayd klubiga o'tgandi.

“Men u bilan hali ham aloqadaman, u fantastik futbolchi.

Akademiya yillar davomida juda ko'p futbolchilarini yo'qotadi. U o'ziga ishongan o'yinchi edi, to'p uchun kurashda juda faol edi, u katta xarakterga ega edi.

Hozirgi kunda unga o'xshagan futbolchilar ko'p emas. [Eden] Azar va Jo Koul kabi. Menimcha, futbol biroz qotib qolgan va taktikaga ko'p e'tibor berilyapti.

Ammo Rio akademiyada o'z qobiliyatini ko'rsatdi va afsuski, biz uni yo'qotdik”, dedi “Chelsi”ning sobiq himoyachisi.