Terri Anri UEFA prezidenti mukofotiga sazovor bo'ldi

Bu haqda Chempionlar Ligasining qur'a tashlash marosimida e'lon qilindi.
Ushbu mukofot ulkan yutuqlar, yuksak mahorat va o'rnak bo'la oladigan shaxsiy fazilatlar uchun topshiriladi. O'tgan yili mazkur sovringa Zlatan Ibragimovich loyiq ko'rilgan edi.
Anri "Arsenal"dan tashqari "Monako", "Barselona", "Yuventus", "Nyu-York Red Bullz" va Fransiya terma jamoasi safida o'ynagan.
Kommentariyalar