Frantsiya terma jamoasi sobiq forvardi Terri Anri Angliya Premer-ligasi futbolchilaridan birini alohida ta'kidlab o'tdi.

Anri "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitikeni maqtadi.

"Men Ugo Ekitikeni e'tirof etmoqchiman, chunki boshida u "Liverpul"da o'ynashga qodirligini isbotlashi kerak edi va u buni uddaladi. Hozir klub qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo u baribir natija bermoqda.

U meni hayron qoldirdi. Uning fazilatlari haqida bilardim, lekin bunchalik tez moslashishini kutmagan edim. Albatta, jamoa harakatlanayotganda moslashish osonroq. Ugo moslashdi, keyin zaxiraga o'tirdi, lekin hech narsa demadi - keyin qaytdi va gol urishda davom etdi. Shuning uchun uni ajratib ko'rsatish kerak," - deya Anrining so'zlarini keltiradi Goal portali Betway’ga tayanib.

Premer-ligada 15 ta o'yinda Ugo Ekitik ettita gol urdi.